Ishdan maqsad: zanjirning bir qismi uchun Om qonunini tajribada tekshirish hamda tok kuchi, kuchlanish va qarshilik orasidagi bog'lanishni o'rganish.
Tajribani boshlashdan oldin jihozlar, xavfsizlik qoidalari va zanjirni yig'ish tartibi bilan tanishing.
Tok kuchi va kuchlanish orasidagi bog'lanish — volt-amper xarakteristikasi va Om qonuni.
O'tkazgichga berilgan kuchlanish (potensiallar farqi) bilan tok kuchi orasida ma'lum bog'lanish mavjud. Bu bog'lanishni o'tkazgichning volt-amper xarakteristikasi (VAX) ifodalaydi. Metall o'tkazgichning volt-amper xarakteristikasi eng soddadir. Bu bog'lanishni birinchi bo'lib nemis olimi Georg Om aniqlagan, shuning uchun tok kuchi bilan kuchlanish orasidagi munosabat Om qonuni deb ataladi.
O'tkazgichning VAXini olish uchun kuchlanishning turli qiymatlarini beruvchi tok manbayi, elektr qarshilikka ega bo'lgan o'tkazgich, ampermetr va voltmetrdan iborat zanjir tuzamiz:
Zanjirga berilayotgan kuchlanish miqdorini asta-sekin oshira borsak, tok kuchining qiymati ham oshayotganligini kuzatamiz. Shuningdek, tok kuchi va kuchlanish orasidagi I = f(U) munosabatning chiziqli ekanligini tajriba tasdiqlaydi. Tajribalar asosida nemis fizigi G. Om 1827-yilda ushbu bog'lanish mavjudligini aniqladi:
Son qiymati I·R ga teng bo'lgan kattalik mazkur o'tkazgichdagi kuchlanishning tushishini beradi, ya'ni:
Zanjirni ulang, kuchlanishni o'zgartirib o'lchovlarni qayd eting, jadvalni to'ldiring va grafik asosida xulosa chiqaring.
Kalit K ustiga bosib zanjirni ulang / uzing. Holat: uzilgan
| № | U, V | I, A | R = U/I, Ω | ΔR = |R − R̄|, Ω | |
|---|---|---|---|---|---|
| Hozircha o'lchovlar yo'q. Kalitni ulang, kuchlanish bering va «Qayd etish» tugmasini bosing. | |||||
Zanjirni o'zingiz boshqaring, asboblar ko'rsatishini o'qing va barcha hisob-kitobni mustaqil bajaring.
Kalit K ustiga bosing. Holat: uzilgan
Kamida 5 ta o'lchov kiriting. R = U/I formulasidan foydalaning.
| № | U, V | I, A | R = U/I, Ω |
|---|---|---|---|
| 1 | |||
| 2 | |||
| 3 | |||
| 4 | |||
| 5 | |||
| 6 |
Quyidagi savollarga avval mustaqil javob bering, so'ngra namunaviy javob bilan solishtiring.